TOSHKENT VILOYATI BEKOBOD SHAHAR
20-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Bekobod shahar 3-daxa Shahriobod ko‘chasi 21-uy

Tel.: +998 70-214-11-90

Hamkorlik memorandumi amalda

Ma’lumki, Bekobod Shahar 20-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi Bekobod shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabi bilan hamkorlik memorandumini imzolagan. Ushbu memorandum ijrosini amalga oshirish maqsadida amaliy san‘at yo‘nalishi o‘qituvchilari Nilufar Anarbayeva va Feruza Yakubova, tasviriy san‘at bo‘limi o‘qituvchisi Xalimova Gulmir “Barkamol avlod” bolalar maktabi o‘qituvchilari hamda o‘quvchilari uchun mahorat darsi o‘tishdi.




19.12.2023Batafsil

Yangi pedagogik texnologiyalar - amalda

2024-yil 27-yanvar kuni Bekobod shahar 20-sonli Bolalar musiqa va san‘at maktabida Musiqa nazariyasi bo‘limi o‘qituvchisi Ruxshona Turdiyevaning solfedjio va umumiy fortepiano fanlari bo‘yicha oʻquvchilarni musiqaga bo‘lgan qiziqishlarini yanada rivojlantirish maqsadi “Quvnoq notalar” noodatiy dars o‘tkazdi. Dars davomida o‘quvchilar o‘rtasida musobaqa-tadbir uyushtirildi.




27.01.2024Batafsil

“Mustaqilligimiz boshi - ulug‘ yurtboshim”

Joriy yilning 30-yanvar kuni maktabda O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov xotirasiga bag‘ishlangan “Mustaqilligimiz boshi - ulug‘ yurtboshim” deb nomlangan tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbir davra suhbati tarzida olib borildi. Unda Islom Karimov davlat mustaqilligining asoschisi, atoqli davlat va siyosat arbobi sifatida mamlakat tarixida qolishi ta’kidlandi, hamda tadbir so‘nggida Islom Karimov hayot yo‘li to‘g‘risidagi videorolik namoyish etildi.


30.01.2024Batafsil

Barcha yangiliklarga o‘tish